Jamiyat | 18:11 / 11.03.2017
8449
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik ijtimoiy tarmoqdagi izoh uchun 630 dollarlik jarimaga tortildi

Shimoliy-Qozog‘iston viloyatining Praporshikovo ovulilik fuqaro “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida suratlardan biriga haqoratomuz izoh qoldirgani uchun jarimaga tortildi. Tasvirda xizmat mashinasi yonida turgan politsiya xodimi bo‘lgan, deb xabar bermoqda “Kazaxstanskaya pravda” nashri.

Ta'kidlanishicha, Ust-Kamenogorskdagi internet-hamjamiyatlardan birida xizmat mashinasi yonida turgan politsiya xodimining suratini joylashtirishgan. Foto mahalliy fuqarolardan biri tomonidan olingan.

Praporshikovo ovulilik 29 yoshli erkak esa suratga haqoratli izoh qoldirdi.

Muallifni tezkorlik bilan topishdi, jinoyat ishi qo‘zg‘atishdi va uni sudga oshirishdi. Hokimiya vakilini haqorat qilgan shaxs sud tomonidan 628 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi. 

Mavzuga oid