Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Makkeynning tuturiqsiz ayblovlaridan charchadi
Kreml amerikalik senator Jon Makkeynning tuturiqsiz ayblovlaridan charchadi.
"Kreml charchadi (Makkeynning ayblovlaridan), - deya ma'lum qildi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga. – Ularni bema'ni deb hisoblaymiz".
Kreml vakilining eslatishicha, Makkeyn anchadan beri “yumshoq qilib aytganda, Rossiyaning ishqibozi bo‘lmagan siyosatchi va bizning mamlakatga nisbatan yanglish fikrda”.
Avvalroq AQSh kongressining qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha senat qo‘mitasi vakili respublikachi Jon Makkeyn WikiLeaks tashkiloti Rossiya bilan aloqalarga ega ekani haqidagi bayonotini takrorladi. "Men buni da'vo qilmayman, biroq WikiLeaks Rossiya bilan aloqador bo‘lgani shubhasiz", - dedi u. Shu bilan birga, Makkeyn Moskvaning WikiLeaks tomonidan Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan qo‘llanadigan kiberjosuslik uslublari haqidagi ma'lumotlarni e'lon qilinishiga aloqadorligiga oid dalil-isbotlarni keltirmagan. "Yo‘q, albatta, yo‘q, bu o‘z uyining yerto‘lasida sigaretalar chekib o‘tirgan kimdir bo‘lgan", - deya istehzo bilan aytib o‘tgan senator jurnalistlarning Rossiya ma'lumotlar sizib chiqishiga aloqadormi, degan savoliga javob qaytarib.
"Biz hali ko‘p narsani qilishimiz kerak (kiberxavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha). Agarda (xakerlar) MRBni buzib kirishga muvaffaq bo‘lishgan bo‘lsa, ular istalgan insonning shaxsiy daxlsizligiga ham rahna solishi mumkin. Meni ular bizning eng maxfiy sirlarimizga qadar yetib borishga qodir ekanliklarini ko‘rsatgani tashvishga solmoqda", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi siyosatchi.
Mavzuga oid
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026