Fan-texnika | 18:35 / 13.03.2017
7964
2 daqiqa o‘qiladi

SsangYong Rexton o‘rnini egallovchi mashina modelini namoyish qildi

Janubiy Koreyaning SsangYong kompaniyasi yangi yo‘ltanlamasi qanday ko‘rinishga bo‘lishiga oydinlik kiritdi. Taxminlarga ko‘ra, u Rexton modelining o‘rnini egallashi kutilmoqda. Chosun nashrining yozishicha, avtomobilning jahon taqdimoti 30 mart kuni Seul avtoko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Uning savdosi shu yilning birinchi yarmidan boshlanadi. 

Hozircha yani model haqida ma'lumotlar ko‘p emas. Ishlab chiqaruvchi loyiha Y400 deb nomlanishini ma'lum qildi. Avtomobil dizayni Parfenondan ilhomlangan holda ishlab chiqilishi aniq bo‘lgan. Hozircha, uning barcha g‘ildiraklari yetakchi bo‘lishi ham noma'lum. 

Avvalroq, SsangYong Rexton izdoshi sifatida LIV-2 kontsept-karini namoyish qilgandi. Aytish joizki, prototip tashqi ko‘rinishi seriyali ishlab chiqariluvchi mashina dizayniga mos kelmasa-da, uning ichki qismi o‘zgarishsiz qolgan. 

Mashinaga yangi, 9,2-dyuymli ekranga ega multimedia tizimi, Wi-Fi, Apple CarPlay va Android Auto interfeyslarini qo‘llab-quvvatlovchi hamda orqa o‘rindiqlardagi yo‘lovchilar uchun 10,1-dyuymli ekranlarga ega ko‘ngilochar tizimlar o‘rnatiladi. 

Ehtimollarga ko‘ra, yo‘ltanlamas 181 ot kuchiga ega 2.2 litr hajmli dizel motorga va Mercedes-Benz ishlab chiqqan “avtomat” uzatmalar qutisiga ega bo‘ladi. Bundaan tashqari, 225 ot kuchiga ega ikki litrli benzinli «turboto‘rtlik» motorli namunalari ham ishlab chiqariladi.

Mavzuga oid