Fan-texnika | 17:00 / 13.02.2023
77331
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Driverʼs Village kompaniyasi O‘zbekistonda Koreyaning SsangYong markali avtomobillarining rasmiy sotuvini yo‘lga qo‘ymoqda

Driverʼs Village kompaniyasi O‘zbekistonga SsangYong avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. SsangYong Motor Company 1954 yilda tashkil etilgan va o‘z faoliyatini boshida harbiy yo‘ltanlamas avtomobillarni ishlab chiqarishdan boshlangan Koreya avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi hisoblanadi.

Bugungi kunda kompaniya ramali yo‘ltanlamaslar, pikaplar, kichik yo‘ltanlamaslar, elektromobillarni o‘z ichiga olgan yo‘ltanlamaslar qatorini ishlab chiqaradi va Koreya ishlab chiqaruvchilari orasida Hyundai va Kiaʼdan keyin mashhurlik bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallaydi.

Koreya sifati va dunyodagi eng yaxshi elektronika mijozlarga haydash qulayligi va avtomobil ishonchliligini kafolatlaydi. Kompaniya bosh direktori Farrux Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, birinchi avtomobillar 2023 yilning mart-aprel oylarida kelishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda atmosfera benzinlik dvigatellar bilan jihozlangan Rexton premium ramali yo‘ltanlamas, Musso pikap, Korando, Torres, XLV va Tivoli sotiladi.

Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonga Korando modelining elektr versiyasini yetkazib berishni rejalashtirgan.

Kelgusida kompaniya SsangYong Motor Company bilan hamkorlikda zavod qurish va SKD tamoyili asosida ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Sotuv Toshkent shahri, Sergeli tumani TXAY ko‘chasida joylashgan Driver’s Village dilerlik markazida boshlanadi. Yil davomida O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham savdolarni ochish rejalashtirilgan.

Biz haqimizda: Instagram | Telegram | Facebook

Bog‘lanish uchun ☎ +998 99 427 70 70

Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, THAY

Mavzuga oid