Light | 09:31 / 14.03.2017
22199
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2016 yilning eng yaxshi reklama roliklari aniqlandi

«Eng yaxshi reklama roliklar» - Reklama bozorida yetakchilardan biri hisoblangan MGroup kompaniyasi hamda Taraqqiyot telekanalining hamkorlikdagi loyihasi hisoblanadi. Loyiha 2012 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Eng yaxshi roliklarni aniqlashda reklama sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar qatnashadi. 

Yil yakunlariga ko‘ra eng yaxshi 10ta reklama roligi aniqlandi. Mutaxassislar O‘zbekiston TV  kanallarida efirga berilgan 200dan ortiq roliklar orasida eng yaxshilarini tanlab oldilar. Roliklar sifat, kreativ, mahorat va omma orasida ommalashishidan kelib chiqib saralandi.

2016 yildan boshlab «Eng yaxshi reklama roliklar» loyihasida 5ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash yo‘lga qo‘yildi. 

Nominatsiyalar:
Eng yaxshi ssenariy va rejissyor ishi,
Eng yaxshi dizayn,
Eng yaxshi kreativ rolik,
Innovatsion reklama,
Eng yaxshi animatsion rolik.

TOP-10 «Eng yaxshi reklama roliklar»:
1. NiveaDeoPowerBoost
2. NiveaDeoPowerBoost
3. Palmolive Bar Soap
4. Artel televizorlari
5. Ideal Plast 
6. Beeline Bir
7. Pepsi
8. Ucell Ijobiy
9. Borjomi
10. Coca Cola

Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar:
1. Eng yaxshi ssenariy va rejissyor ishi: Ideal Plast (Plastik quvurlar va fitinglar)

2. Eng yaxshi dizayn: Ucell Ijobiy (Ucell mobil operatori)

3. Eng yaxshi kreativ rolik: Artel televizorlari (Artel maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi)

4. Innovatsion reklama: Beeline Bir(Beeline mobil operatori)

5. Eng yaxshi animatsion rolik: Ketti (Konfet mahsulotlari)

Taraqqiyot telekanali 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib 8 000 000 dan ortiq auditoriyaga ega. Telekanal Farg‘ona vodiysidagi eng mashhur telekanallardan biri hisoblanadi. Efir hududi Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarini qamrab oladi.

MGroup – O‘zbekistondagi yetakchi va nufuzli reklama agentliklaridan biri hisoblanadi.

Agentlikning asosiy faoliyati:
- Ommaviy axborot vositalarining hamma turlarida reklama kampaniyalarini rejalashtirish va joylashtirish
- Marketing kommunikatsiyalari sohasida konsalting xizmatlarini ko‘rsatish
- Bozorni o‘rganish va ma'lumotlarni tahlil qilish
- Takomillashtirish va sotib olish

MGroup kompaniyasi matbuot xizmati.
Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid