Light | 12:41 / 14.03.2017
18613
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik qiz va uning 1679ta sigiri

Kimdir markalar, boshqalar esa tangalar yig‘ishni yoqtiradi. Fransiya shimolidagi Sent-Omer shahrilik Emelin Dyuotuda o‘zgacha xobbi bor – sigirlar tasvirlangan barcha narsani yig‘adi.

25 yoshli qizning kolleksiyasidan 1679 nusxa o‘rin olgan bo‘lib, undan nafaqat yumshoq o‘yinchoqlar, balki muqovasida sigir tasviri tushirilgan pishloq, kitoblar, muzlatgichga yopishtiriladigan maxsus magnitli belgilar ham bor. La Voix du Nord’ning ta'kidlashicha, sigirlar bo‘yicha rekord AQShlik kolleksiya yig‘uvchisiga tegishli, ammo Emelinda ham bunday eksponatlar butunboshli xonani egallagan.

Kun.uz fransiyalik qizning noodatiy xobbisi tasvirlangan suratlarni e'tiboringizga havola etadi.

Mavzuga oid