Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
50 nafar o‘zbekistonlik Fransiya uzumzorlariga ishga yuboriladi
Fransiya Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi (FNSEA) bilan uzumzorlarda mavsumiy ishlarga o‘zbekistonliklarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.
Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi mas’ullaridan iborat delegatsiya Fransiyada o‘zbekistonliklarni qonuniy va tizimli ishga joylashtirish bo‘yicha muhim kelishuvga erishdi.
Jumladan, Fransiya Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi (FNSEA) bilan uzumzorlarda mavsumiy ishlarga o‘zbekistonliklarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.
Qayd qilinishicha, shu yil yoz oylaridan boshlab pilot loyiha doirasida 50 nafar nomzod ilk bor Fransiyaga ishga yuboriladi.

Ta’kidlanishicha, Fransiyada kadr tanlash va bandligini ta’minlashga ixtisoslashgan tashkilot — “Sélect Recruiting Service” bilan nomzodlarni saralash va ishga joylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi.
Shuningdek, CFA AC Paris kompaniyasi bilan “ta’lim + ish” formatida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Endi Fransiyada restoran sohasida o‘qish va ishlash imkoniyatini yaratish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.
Qayd qilinshicha, kelishuvlarni amalga oshirish va tashkiliy-huquqiy masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Fransiya Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Ta’lim vazirliklari mutassaddilari hamda “France Travail” davlat bandlik xizmati , CCI Île-de-France — Savdo-sanoat palatasi, AP-HP Parij davlat shifoxonalari xizmati bilan samarali muzokaralar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
18:06 / 08.06.2026