Sport | 07:27 / 15.03.2017
9113
2 daqiqa o‘qiladi

Ertak Shekspir bilan davom etadi. «Lester» chorak finalda

Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvilaridan birida «Lester» Ispaniyaning «Sevilya» klubini qabul qildi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida mezbonlar sardori Uesli Morgan jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Bu gol yamaykalik futbolchilarning YeChLdagi dastlabki goli bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa Mark Olbrayton tomonidan kiritilgan gol hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi.

Uchrashuvning 74-daqiqasida «Sevilya» bir kishi kam bo‘lib qoldi. Samir Nasri Jyeymi Vardi bilan tortishib qolgani natijasida sariq kartochka ishlab oldi. Bu fransuz futbolchisining ikkinchi sariq kartochkasi edi. Ammo shunga qaramasdan, mehmonlarda gol kiritish imkoniyati yuzaga kelgandi. Biroq Stiven Nzonzi 80-daqiqada amalga oshirgan penaltini Kasper Shmeyxel bartaraf etib, ketma-ket ikkinchi marta «Sevilya»ning bu nuqtadan bergan zarbasini qaytargan ilk darvozabonga aylandi. 

Natijada «Lester» ushbu g‘alabani ushlab qoldi va Angliyadan chorak finalga yo‘llanma olgan 8-jamoa bo‘lib tarixga kirdi.

YeChL, 1/8 final
Javob uchrashuvlari

Lester (Angliya) – Sevilya (Ispaniya) 2:0 (1:0)
Gollar: 
Morgan(27), Olbrayton (54).
Lester: Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Hut, Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton, Mahrez (Amarti, 90), Okazaki (Slimani, 64), Vardi.
Sevilya: Riko, Parexa, Rami, Eskudero, Merkado (Mariano, 46), Nzonzi, Sarabiya (Yovetich, 46), Nasri, Iborra, Vitolo, Ben-Yyedder (Korrea, 68).
Ogohlantirishlar: Nasri (18), Vitolo (59), Vardi (74), Shmeyxel (79), Ndidi (84), Marez (89).
Chetlatish: Nasri (74, Sevilya).
Dastlabki uchrashuv: 1:2

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid