Çempionlar ligasi, çorakfinal. Javob öyini
«Real» – «Arsenal» 1:2
Gollar: Vinisius (67) – Saka (65), Martinelli (90+3)
Aniq ijro etilmagan penalti: Saka (13)
«Real»: Kurtua, Vaskes (Endrik, 61), Asensio (Modriç, 73), Ryudiger, Alaba (Garsiya, 61), Valverde, Çuameni, Rodrigo (Sebalyos, 61), Bellinghem, Vinisius, Mbappe (Dias, 75)
«Arsenal»: Rayya, Timber (Uayt, 90+4), Saliba, Kivyor, Lyuis-Skelli, Edegor, Parti, Rays (Zinçenko, 90+4), Saka (Trossar, 77), Merino, Martinelli (Tirni, 90+4)
Ogohlantirişlar: Alaba (4), Asensio (11), Ryudiger (85) — Raya (36), Parti (85)
Birinçi öyin: 3:0
«Qirollik klubi»ning uzoq tarixida şonli sahifalar köp. Jumladan, «Real» Karlo Ançelotti boşqaruvida bölgan sönggi yillarda ham bu jamoa Çempionlar ligasida «imkonsiz vaziyat» iborasini luğatidan öçirib taşlagandi. Ammo qaymoqranglilar asosiy yevrokubok pley-offida birinçi uçraşuvdagi yirik mağlubiyatdan keyin javob uçraşuvida vaziyatni önglab, keyingi bosqiçga ötişi — turnir nomi hali Çempionlar kubogi deb atalgan 1975 yilda kuzatilgandi, öşanda «Derbi Kaunti» maydonidagi 1:4 hisobidagi mağlubiyatga madridliklar qöşimça bölimlardagi gol evaziga 5:1 hisobidagi ğalaba bilan javob qaytargandi.
Bu qançalik olisda bölganini aniqroq tuşuniş uçun bir neça fakt keltiriş yetarli. Madrid uçun sehrli bölgan öşa oqşomda «galaktikos»ning bölajak murabbiyi va YeÇLning ikki karra triumfatori Visente del Boske maydonda öynagan, Santyago Bernabeu esa hali prezidentlik lavozimida edi.
Töğri, «Real» yirik hisobda yutqazişining özi köp kuzatiladigan hodisa emas. Çorşanba oqşomiga qadar yevrokuboklar pley-off bosqiçlarida bunday holatlar jami tört marta kuzatilgan. Şundan uçtasi esa fiasko bilan yakunlangan. 1964/65 yillar mavsumida «Benfika»ga qarşi safarda 1:5 hisobida mağlub bölgan jamoa Madridda 2:1 hisobi bilan kifoyalangan. 1986/87 yillar mavsumida — «Bavariya»ga birinçi öyinni 1:4 hisobida boy bergaç, javob öyinida birgina gol urilgan (1:0). 12 yil muqaddam — Dortmundning «Borussiya» klubi bilan qarama-qarşilikda ham vaziyatni önglaşning imkoni bölmagan (1:4, 2:0). Nima bölganda ham möjizalar köp bölmaydi, hatto gap «quloqli kubok»ning ön beş karra ğolibi haqida ketsa ham.
Ammo «Real» bölmasa, yana kimdan möjiza kutiş mumkin? Qolaversa, bir kun oldin kamtarona «Borussiya» va «Aston Villa» körsatgan öyinlar ham uşbu jamoaga ilhom bağişlaşi kerak edi. Va öz sevimli klubini «Orzular fabrikasi» deb ataydigan muxlislar orzularini yana bir bor röyobga çiqarişni sörab turişardi. Ammo, birinçi bölimda maydonda röy bergan voqealarga qaralsa, fanatlarning ulkan banneri faqat Kurtuani ilhomlantirgan. Rays töpni burçak zarbasidan aylantirib darvozaga yönaltirganida darvozabon bunga tayyor ekani ma’lum böldi. Lekin öyinga VAR aralaşdi va jarima maydoni içida Raul Asensio Merinoni tortib yiqitgani ma’lum böldi.











