Jahon | 08:59 / 15.03.2017
3545
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondagi barcha viloyatlar oliy darajadagi yo‘llar bilan bog‘lanadi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 14 mart kuni Oqmola viloyatida ishchi yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Zakon.kz portali.

Nazarboyev yig‘ilishni ochar ekan, viloyatning yangi hokimi Malik Murzalinni tanishtirib o‘tdi.

Qozog‘iston prezidenti viloyat faollari oldida so‘zlagan nutqida viloyatning bir qator ko‘rsatkichlar, jumladan sanoat, qishloq xo‘jaligi, investitsiyalar jalb qilish, uy-joy qurilishi bo‘yicha iqtisodiyoti o‘sganini qayd qilib o‘tdi.

Nazarboyev ham butun mamlakat, ham viloyat miqyosida sanoatlashtirish va infratuzilmaviy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish muhimligini ta'kidlab o‘tdi.  

"Yaqin yillarda Qozog‘istonda 7000 km avtomobil yo‘llari quriladi. Barcha viloyatlar oliy darajadagi magistrallar bilan bog‘lanadi. Bu yo‘llar asrlarga, farzandlarimiz va nabilarimizga qoladi. Bundan tashqari, aeroportlarni tiklash, Kaspiy dengizida ikkita dengiz porti qurish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha dasturlar yangi yondashuvlar qo‘llashni ko‘zda tutadi", deb aytdi Nazarboyev. 

Nazarboyev nutqi so‘ngida barcha ishtirokchilarga serhosil yil va bahorgi-kuzgi dala ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qoldi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid