Jamiyat | 10:17 / 15.03.2017
4666
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikada jinoyatchilarni topish uchun shahar politsiyasi qurolsizlantirildi

Meksikaning Xalisko shtati Okotlan shahri politsiyasining barcha xodimlari majburiy ravishda qo‘lga olinib, qurolsizlantirildi. Bu haqda mahalliy prokuratura huzuridagi politsiya kuchlari qo‘mondonligiga asoslangan holda Informador portali xabar qilmoqda. 

Okotlan politsiyasining qurolsizlantirilishiga ularning safiga jinoyatchilarning kirib olganiga doir gumonlar sabab bo‘lgan. Biroq, hozircha, bu ma'lumot rasman e'lon qilingani yo‘q. 

Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, Okotlandagi tartibni saqlash vazifasi Xalisko rahbariyatiga bo‘ysunuvchi politsiya kuchlariga topshirilgan. 

Endilikda, hibsdagi politsiyachilar Gvadalaxaraga olib kelinadi va bu yerda jiddiy tekshiruvlardan o‘tishadi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ularning ishlashi yoki ishdan haydalishiga oid xulosa chiqariladi. 

2015 yil martida Okotlan shahrida puxta tayyorlangan jinoiy guruh a'zolari yangi tashkil etilgan Meksika jandarmeriyasiga hujum qilgani oqibatida 11 kishi, shu jumladan 5 nafar jandarm o‘ldirilgan, 8 kishi tan jarohati olgandi. Hukumat tomonidan olib borilgan tergov natijalariga ko‘ra, Okotlan politsiyasining 4 nafar xodimi qo‘lga olingan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid