Jamiyat | 13:55 / 15.03.2017
4734
2 daqiqa o‘qiladi

Neapolda mafiya bilan aloqadorlikda ayblangan 69 kishi qo‘lga olindi

Foto: RIA "Novosti"

5 mart, chorshanba kuni Neapoldagi Italiya Moliyaviy gvardiyasining maxsus bo‘linmasi uyushgan jinoyatchilik bilan kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani amalga oshirdi. Unda 69 kishi, shu jumladan bir qator siyosatchi va ishbilarmonlar qo‘lga olindi. Bu haqida mahalliy OAV xabar berdi. 

Italiya huquq-tartibot organlaridan kelib tushgan ma'lumotlarga ko‘ra, operatsiya mahalliy jinoiy tashkilot - kamorra doirasida harakatlanuvchi qudratli "Kazalezi" sulolasiga qarshi yo‘naltirilgan bo‘lgan. Ular korrupsiya, davlat shartnomalarini taqsimlashda tenderlar o‘tkazishda xizmat vakolatlarni suiste'mol qilish hamda mafiya bilan aloqadorlikda ayblanmoqda. 

Mazkur ish bo‘yicha tergov harakatlari Neapol mafiyasi bilan kurashish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan. Qo‘lga olinganlarning ismi-sharifi hozircha oshkor qilinmadi, biroq jurnalistlar ularning orasida mahalliy ma'muriyat vakillari, davlat xizmatchilari, ishbilarmonlar, muhandislar va hatto universitet professorlari borligini aniqlashdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid