Italiyalik Gustavo Noçella (Germes) Kolumbiya şimoli-ğarbidagi Medelyin şahrida qölga olindi. Politsiya uni Italiya mafiyasi yetakçilaridan biri va eng köp qidirilayotgan narkobaron deb hisoblaydi.

58 yoşli Germes bilyardga bölgan «muhabbati» tufayli qölga olindi, deb yozdi «Kommersant».

Kolumbiya politsiyasi italiyalik hamkasblari, Europol va Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda narkobaronni qölga oliş böyiça operatsiya ötkazdi.

Politsiya rahbari Uilyam Rene Salamanka sözlariga köra, narkobaronni qölga olişda bilyard stoli «yordam bergan».

Gap şundaki, Germes har uç oyda kvartirani almaştirgan, biroq ularning har biri uçun bilyard stoliga buyurtma bergan. Politsiya buyurtmalarni kuzatiş orqali uning iziga tuşgan.

Kolumbiya politsiyasi ta’kidlaganidek, Germes «Rinaldi-Formikola, Amato-Pagano va De Mikko klanlari va Janubiy Amerika mafiyasi örtasida boğlovçi vazifasini bajargan».

Ta’kidlanişiça, u katta miqdordagi giyohvand moddalarni sotiş bilan şuğullangan. Operatsiyaga tayyorgarlik olti oy davom etgan.