Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asadjon Xo‘jayev prezident matbuot xizmatiga rahbar bo‘lgani tasdiqlandi
Asadjon Xo‘jayev OAV, ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat, san'at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Shu bilan birga u O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmatiga rahbar hisoblanadi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi ma'lumot berdi.

Bunga qadar Asadjon Xo‘jayev bosh vazir ijro etuvchi apparati rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.
Undan oldinroq Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
U 1970 yilda Chimkentda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1993 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini (hozirgi TATU) tamomlagan. Turli yillarda Intellektual mulk agentligi bosh direktori, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o‘rinbosari, «O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Mavzuga oid
20:54 / 29.03.2023
60 km/soat tezlik chekloviga rioya qilmaganlarni jarimaga tortish qachondan boshlanadi? Mas’ullar jim
18:04 / 07.04.2021
«Ayrim tanqidlar, savollar ochiq qolyapti». Sherzod Asadov vazirlik va idoralar matbuot kotiblari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
20:44 / 04.11.2020
Asadjon Xo‘jayev: Pandemiyadan qat'i nazar AOKA axborot maydoni bo‘lib qolaveradi
19:59 / 03.11.2020