Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Brexit to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi va qonun kuchga kirdi.
Britaniya parlamentining quyi palatasi 13 mart kuni Brexit haqidagi qonunni yakuniy holda qabul qilgandi.
Qirolichaning tasdiqlashidan keyin bosh vazir Tereza Mey Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralarni boshlash vakolatini qo‘lga kiritdi, muzokaralar esa 2 yil ichida yakunlanishi kerak. U Lissabon kelishuvining 50-moddasini qo‘llash huquqiga ega bo‘ldi, unga ko‘ra mamlakat YeIni istalgan vaqtda tark etishi mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga Britaniya hukumati Brexit jarayoni boshlanadigan aniq muddatni ma'lum qilmayapti.
Mahalliy nashrlar esa hukumat Niderlandiyadagi saylov yakunlarini kutayotgani, shuningdek, bu Shotlandiyadagi voqealar bilan bog‘liqligini yozmoqda. Shotlandiya milliy partiyasi koferentsiyasi hafta oxirida o‘tkaziladi. Ehtimollarga ko‘ra Brexit 27 mart kuni boshlanadi.
London va Bryussel muzokaralari 2 yil vaqtni olishi va 2019 yil bahorida qirollik ittifoqni butkul tark etishi mumkin.
Mavzuga oid
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
08:53 / 01.12.2022
Brexit: Bryussel Londonga bosim o‘tkazishning yangi vositalariga ega bo‘ladi
12:18 / 11.02.2022
70 yildan buyon taxtda: 95 yoshli Yelizaveta II haqida qiziqarli ma’lumotlar
14:37 / 04.01.2022