Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II mamlakatning Yevropa Ittifoqidan çiqişi töğrisidagi qonun loyihasini imzoladi va qonun kuçga kirdi.

Britaniya parlamentining quyi palatasi 13 mart kuni Brexit haqidagi qonunni yakuniy holda qabul qilgandi.

Qiroliçaning tasdiqlaşidan keyin boş vazir Tereza Mey Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralarni boşlaş vakolatini qölga kiritdi, muzokaralar esa 2 yil içida yakunlanişi kerak. U Lissabon kelişuvining 50-moddasini qöllaş huquqiga ega böldi, unga köra mamlakat YeIni istalgan vaqtda tark etişi mumkin böladi.

Şu bilan birga Britaniya hukumati Brexit jarayoni boşlanadigan aniq muddatni ma'lum qilmayapti.

Mahalliy naşrlar esa hukumat Niderlandiyadagi saylov yakunlarini kutayotgani, şuningdek, bu Şotlandiyadagi voqealar bilan boğliqligini yozmoqda. Şotlandiya milliy partiyasi koferentsiyasi hafta oxirida ötkaziladi. Ehtimollarga köra Brexit 27 mart kuni boşlanadi.

London va Bryussel muzokaralari 2 yil vaqtni olişi va 2019 yil bahorida qirollik ittifoqni butkul tark etişi mumkin.