Jahon | 08:41 / 18.03.2017
7012
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Janubiy Kuril orollarida Yaponiya bilan hamkorlik qiladi

Foto: RIA

Rossiya Yaponiya bilan birga Janubiy Kuril orollarida qo‘shma loyihalarni tayyorladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi. Bu haqda Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Igor Morgulov ma'lum qilgan.

«Janubiy Kurillarning iqtisodiy rivojlanishi uchun dolzarb bo‘lgan takliflar to‘plami shakllantirildi. Ular keng qamrovli qo‘shma loyihalarni aks ettiradi. Albatta, biz bu loyihalarga Rossiya qonunchiligi doirasida amalga oshirilishi nuqtai nazaridan yondashamiz», — degan Morgulov. 

Avvalroq, 18 mart kuni Rossiya va Yaponiya tashqi ishlar vazirlarining o‘rinbosarlari Igor Morgulov va Takeo Akiba o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda yapon tomoni Rossiyaga Janubiy Kuril orollarini birgalikda tadqiq qilish taklifini bildirishi ma'lum bo‘lgandi. Unda mintaqada qo‘shma iqtisodiy faoliyat olib borish rejasiga aniqlik kiritiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid