Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Salam Maskva»: Rossiyada muhojirlar haqida ishlangan film qachon chiqishi ma'lum
2012 yilda suratgan olingan hamda besh yil davomida o‘z premerasini kutgan “Salam Maskva” ko‘p seriyali filmi 21 mart kuni ekran yuzini ko‘radi. Bu haqda Rossiya OAV xabar tarqatdi.
“Bu kartina katta tajriba” – dedi film prodyuseri Denis Yevstigneyev. Mualliflarning fikriga ko‘ra, “etnik” qahramonlar o‘zlarining ona tillarida gaplashishi kerak bo‘lgan.
Filmda tojik, ozarboyjonlik, xitoylik, armanistonlik, o‘zbekistonlik, moldovalik va qirg‘izistonlik aktyorlar suratga tushishgan. Tanlov bo‘yicha direktor Tina Tumanishvili so‘zlariga ko‘ra, eng murakkab ish Moskvada Tojikiston va Vetnamlik professional aktrisalarni topish bo‘ldi. Yakunda vetnamliklar rolini buryatlar, Tuva va O‘zbekistondan bo‘lgan aktyorlar ijro etdi.
Filmning har bir seriyasi ma'lum bir voqeaga bag‘ishlanadi. Detektiv-jinoiy voqealar qahramonlari – turli diasporalar vakillari. Mualliflar barcha millatlar orasida yaxshi va yomonlar, razil hamda ezgu niyatli odamlar bor ekanini ko‘rsatib berishdi – shuningdek, “o‘zgalar”, “etnik jinoyatchilar” bilan emas, balki umuman jinoyatchilik bilan kurashish kerakligi namoyish etiladi.
Mavzuga oid
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026