18 iyunga ötar keçasi Rossiya Qurolli kuçlari Ukraina poytaxti Kiyevga raketa hujumini amalga oşirdi. Bu haqda xalqaro axborot agentliklari xabar bermoqda. Hujum G7 mamlakatlari Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordamni oşirişga tayyor ekanini ma’lum qilganidan keyin sodir böldi.
AFP muxbirlarining xabar berişiça, Kiyev şahrida tun davomida havo trevogasi sirenalari yangragan. Oradan köp ötmay şahar aholisi raketa uçişi va kuçli portlaş ovozlarini eşitgan.
Kiyev şahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkaçenko özining Telegram-kanali orqali poytaxt tomon ballistik raketalar uçirilgani haqida ogohlantirgan.
«Havf tugaguniga qadar xavfsiz joylarda qoling», — deya murojaat qilgan u şahar aholisiga.
Şu bilan birga, Ukraina Harbiy-havo kuçlari mamlakatning şimoliy hududlarida ham ballistik raketa hujumi xavfi saqlanib qolayotganini ma’lum qildi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga köra, portlaş ovozlari faqat Kiyevdagina emas, balki Poltava va Sumi şaharlarida ham eşitilgan. Poltava şahar kengaşi ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilişlar kuzatilganini ma’lum qildi.
Zaporijjya viloyati ma’muriyati ham mintaqada portlaşlar sodir bölganini tasdiqladi. Şuningdek, Ukraina Harbiy-havo kuçlari Sumi viloyati uçun boşqariladigan aviabombalar bilan zarba beriş xavfi haqida alohida ogohlantiriş tarqatdi.
Ma’lum qilinişiça, tun davomida Ukrainaning bir qator boşqa viloyatlarida ham bir neça marta havo trevogasi e’lon qilingan. Rasmiylar aholini xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilişga çaqirmoqda.














