Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. Turning markaziy uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi
Angliya premer-ligasining 29-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Manchester Siti» o‘z uyida «Liverpul»ni qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoalar juda ko‘plab vaziyatlar yaratgan bo‘lsada, hisob ochilmay qoldi. Ikkinchi bo‘limda avvaliga Firminoga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan penaltini Jyeyms Milner aniq amalga oshirib hisobni ochdi. 69-daqiqada esa Kevin De Bryuynening pasidan so‘ng Serxio Aguero oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
Keyingi daqiqalarda ham jamoalar ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lgan bo‘lsada, hisob o‘zgarmay qoldi.
Ushbu natijadan keyin «Manchester Siti» hisobidagi ochkolar soni 57taga yetdi. «Liverpul» hisobida esa 56 ochko mavjud. Bundan tashqari, «Manchester Siti» bitta kam uchrashuv o‘tkazgan.
Angliya premer-ligasi, 29-tur
Manchester Siti – Liverpul 1:1 (0:0)
Gollar: Aguero (69) – Milner (51, penalti).
Manchester Siti: Kabalero, Klishi, Stounz, Otamendi, Fernandino, Sane (Fernando, 83), Ture (Sanya, 65), Sterling, Silva, de Bryuyne, Aguero.
Liverpul: Minole, Klavan, Matip, Klayn, Koutino (Origi, 73), Veynaldum, Firmino (Leyva, 89), Lallana, Mane, Djan, Milner.
Ogohlantirishlar: Firmino (16), Ture (22), Matip (43), Klishi (50), Silva (50), Mane (89).
Mavzuga oid
19:00 / 29.06.2026
Enso Mareska "Manchester Siti"ga bosh murabbiy etib tayinlandi
18:11 / 03.06.2026
Abduqodir Husanov APLda transfer narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar o‘ntaligiga kirdi
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
15:56 / 22.05.2026