Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» «Real»ni ta'qib etishda davom etadi, «Atletiko» kurashga qaytdi
Ispaniya La-ligasining 28-turidan o‘rin olgan yana 5ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Asosiy e'tibor «Kamp Nou»dagi uchrashuvga qaratildi.
O‘z uyida «Valensiya»ni qabul qilgan «Barselona» avvaliga to‘p o‘tkazib yubordi, keyin Luis Suares va Lionel Messi tomonidan kiritilgan gollar evaziga hisobda oldinga chiqib olgandi. 44-daqiada Mangalyaga qizil kartochka ko‘rsatilib, jamoa darvozasiga penalti belgilanib, Messi uni aniq amalga oshirdi. Biroq sobiq «barsachi» Munir birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalardayoq hisobni tenglashtirdi.
Butun bo‘limni bir kishi kam bo‘lib o‘tkazgan, «Valensiya» ikkinchi bo‘limda raqibga dosh bera olmadi. Messi va Andre Gomesh tomonidan kiritilgan gollar Enrike shogirdlariga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» hisobidagi ochkolar soni 63taga yetdi. Endilikda jamoa «Real»dan ikki ochko ortda qolmoqda. Ammo madridliklar bitta o‘yin kam o‘tkazishgan.
Ushbu turdan o‘rin olgan yana bir markaziy uchrashuv Madridda bo‘lib o‘tdi. Unda «Atletiko» «Sevilya»ni qabul qildi.
Diyego Godin, Antuan Grizmann va Kokening gollariga Korrea faqatgina so‘nggi daqiqalarda bir gol bilan javob qaytara oldi xolos.
Ushbu g‘alabadan keyin «Atletiko» ochkolari sonini 55taga yetkazib oldi. Endi Simeone shogirdlari «Sevilya»dan (57 ochko) 2 ochkoga ortda bormoqda.
Shuningdek bu turda yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. «Selta» «Deportivo» mehmoni bo‘lib, g‘alaba bilan qaytgan bo‘lsa, «Sporting» «Granada»ni mag‘lub etishi uchun 7 daqiqa ichida 3ta gol kiritishi yetarli bo‘ldi.
Ispaniya La-ligasi, 28-tur
Barselona – Valensiya 4:2 (2:2)
Gollar: Suares (35), Messi (45, penalti, 52), Andre Gomesh (89) – Mangalya (29), Munir (45+1).
Barselona: ter Shtegen, Suares, Pike, Umtiti, Inesta, Maskerano, Rakitich (Serdji Roberto, 65), Rafinya (Andre Gomesh, 74), Buskets, Neymar, Messi.
Valensiya: Diyego Alves, Mangalya, Garay, Gayya, Joau Kanselu (Bakkali, 84), Parexo, Peres, Orelyana (Abdennur, 46), Soler, Montoyya, Munir (Dzadza, 73).
Ogohlantirishlar: Peres (24), Mangalya (39), Parexo (43), Inesta (67), Andre Gomesh (77), Messi (86), Montoyya (90+1).
Chetlatish: Mangalya (44).
Atletiko – Sevilya 3:1 (1:0)
Gollar: Godin (37), Grizmann (61), Koke (77) – Korrea (85).
Atletiko: Oblak, Savich, Filipe Luis, Vrsalko (Xuanfran, 2), Godin, Saul, Gabi, Ferreyra Karrasko (Gaytan, 83), Koke, Grizmann, Gameyro (Torres, 63).
Sevilya: Riko, Rami, Langle (Yovetich, 46), Eskudero, Merkado, Nzonzi, Sarabiya (Iborra, 64), Vitolo, Nasri, Mariano, Ben-Yyedder (Korrea, 64).
Ogohlantirishlar: Eskudero (23), Filipe Luis (40), Sarabiya (47), Ferreyra Karrasko (55), Merkado (60), Godin (66), Torres (82).
Deportivo – Selta 0:1 (0:0)
Gol: Aspas (74).
Deportivo: Lyuks, Xuanfran, Arribas, Albentosa, Luizinyu, Bergantinos, Moskera, Gama (Xil, 60), Borxes, Fajr (Cholak, 77), Xoselu (Andone, 66).
Selta: Alvares, Malo, Kabral, Ronkalya, Kastro, Radoya, Ernandes, Aspas, Vass (Xosabed, 87), Bongonda (Sisto, 71), Gvidetti (Bovyu, 12).
Ogohlantirishlar: Kabral (14), Luizinyu (56), Malo (65), Lyuks (75), Moskera (80), Ernandes (83), Sisto (86), Cholak (90).
Sporting Xixon – Granada 3:1 (0:0)
Gollar: Traore (60), Baben (64), Karmona (67) – Ingason (51).
Sporting Xixon: Marino, Duglas Pereyra, Xorxe Mere, Baben, Kanelya, Alvares, Mikel Vesga, Rodriges (Traore, 56), Karmona, Kastro (Ndi, 80), Burgi (Lopes, 84).
Granada: Ochoa, Fulke, Sone, Ingason, Silva, Kuenka (Kravets, 67), Karsela-Gonsales, Agbo, Angban (Serdji Samper, 76), Pereyra, Boga (Malle, 76).
Ogohlantirishlar: Angban (37), Fulke (60), Duglas Pereyra (65), Ingason (81), Malle (86), Xorxe Mere (90).
Leganes – Malaga 0:0
Leganes: Yago Errerin, Bustinsa, Mantovani, Siovas, Tito (Samu, 60), Moran, Peres, Riko, El-Jar (Lopes, 68), Shimanovski (Machis, 86), Gerrero.
Malaga: Kameni, Rosales, Ernandes, Lorente, Xuan Karlos, Fornals, Rodriges (Duda, 86), Kamacho, Chori Kastro (Xoni Rodriges, 62), Sandro Ramires (Keko, 70), Sharles.
Ogohlantirishlar: Bustinsa (29), Tito (32), Rosales (34), Moran (50), Sharles (59), Peres (60).
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026