Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy o‘z armiyasini 200 ming kishiga qisqartirmoqchi
Xitoy o‘z armiyasini 200 ming kishiga qisqartirmoqchi. Bu haqda South China Morning Post nashri o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.
Avvalroq Xitoy raisi Si Tszinpin Xitoy 2017 yil oxirigacha qurolli kuchlarini nojangovar tarkib hisobidan 300 ming kishiga qisqartirishini aytgandi. Qisqartirish Si Tszinpin ma'lum qilgan reja bo‘yicha o‘tkaziladi. Ma'lum qilinishicha, 18 ta armiya korpusidan 5 tasi tugatiladi. Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, shaxsiy tarkibning bir qismi harbiy-havo kuchlari, harbiy-dengiz kuchlari va raketa qo‘shinlariga o‘tkaziladi.
Avvalroq Xitoy eng muhim dengiz yo‘llarini himoya qilish maqsadida dengiz piyoda qo‘shinlari sonini oshirmoqchiligi ma'lum qilingan. Shuningdek, harbiy kontingentning bir qismi Afrika shoxidagi Jibuti davlatida va Pokistonning janubidagi Gvadar viloyatida joylashtirilishi aytilgandi. Harbiy manbalarning ma'lum qilishicha, ikkita brigada dengiz piyoda qo‘shinlari tarkibiga o‘tkazib bo‘lingan va shundan keyin ushbu qo‘shinlardagi harbiylar soni deyarli ikki barobarga oshgan.
Mavzuga oid
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026