Texnologiya | 19:42 / 21.03.2017
14199
2 daqiqa o‘qiladi

Apple yangi rangdagi iPhone 7 va yangi iPad’ni taqdim etdi

Apple kompaniyasi ortiqcha shovqin va tadbirsiz yangi rangdagi iPhone 7 hamda 7 Plus’ni taqdim etdi. Shuningdek kompaniya yangi planshet – iPad’ni ham namoyish etdi. Ha, endi u shunchaki iPad deb nomlanadi.

Qizil iPhone OITS bilan kurashga yo‘naltirilgan RED dasturini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratildi.

Yangi rangdagi iPhone 7 va 7 Plus’ni butun dunyo bo‘ylab juma, 24 mart kunidan sotib olish mumkin. Product RED smartfonlari faqatgina 128 GB va 256 GB.li modifikatsiyaga ega.

iPhone 7 narxi – 990,24 AQSh dollariga teng bo‘lsa, 7 Plus – 1152,61 dollar turadi.

Shunchaki iPad

Shuningdek Apple kompaniyasi yangi planshet – iPad’ni taqdim etdi. Endilikda 9,7 dyuymli planshetlar shunchaki iPad deb ataladi.

Yangi planshet iPad Air 2’ni almashtirdi va oddiy foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Planshetning narxi – 32 GB.lik modelga 405,74 AQSh dollari. Ko‘proq narsani xohlaydigan foydalanuvchilar uchun esa 9,7 dyuymli displeyga ega iPad Pro bor.

iPad’ning ko‘plab o‘ziga xos jihatlari noma'lum. U iPhone 6S va SE’da o‘rnatilgan Apple A9 protsessorida ishlaydi. Ekran kengligi an'anaviy - 2048x1536 piksel. Qurilma 10 soat davomida avtonom ravishda ishlashi mumkin. Unda 8 MP.lik asosiy kamera va barmoq izlari skaneri ham bor.

iPad’ga 24 martdan buyurtma qilish mumkin.

Kichik yangilanishlar

Apple iPhone SE’ni yangiladi. Endilikda eng kichik smartfon 32 GB va 128 GB.lik xotira hajmida taqdim etiladi. U mos ravishda 535,63 va 665,52 dollar turadi. Avval iPhone SE’da faqatgina 16 GB va 64 GB xotira bor edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid