Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Reks Tillerson Rossiyaga aprelda kelishi mumkin
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson aprelda Italiyaga “yettilik” davlati TIV rahbarlari uchrashuviga boradi, so‘ngra Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda TASS Davlat departamenti vakiliga asosan xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, Tillerson kelayotgan chorshanba kuni NATOga a'zo-davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashadi. Bu muloqotlar Davlat departamentida IShIDga qarshi kurash bo‘yicha aksilterrorchilik koalitsiyasi ishtirokchilari uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tadi.
"U Ukraina vakillari bilan uchrashib bo‘ldi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan Davlat departamentida.
"U ushbu maslahatlashuvlardan so‘ng, aprelda Italiyaga “yettilik” davlatlari uchrashuviga, keyin esa Rossiyaga boradi. Siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar Tom Shennon NATO davlatlari TIV rahbarlari uchrashuvida Qo‘shma Shtatlardan vakil sifatida ishtirok etadi", - deya xulosa qilgan idora vakili.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, davlat kotibi 5-6 aprel kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan NATOning 28 davlati tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini o‘tkazib yuboradi, sababi bu vaqtda AQShga XXR raisi Si Tszinpin keladi.
Mavzuga oid
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
08:28
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
22:16 / 18.06.2026