Radev bu haqda 18 iyun kuni Bryusselda bölib ötgan Yevropa Ittifoqi yiğini oldidan jurnalistlar bilan muloqotda ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, yangi sanksiyalar Bolgariya uçun strategik ahamiyatga ega bölgan bir qator sohalarga jiddiy ta’sir körsatişi mumkin.
Xususan, boş vazir mamlakatdagi yonilği bozorining muhim iştirokçilaridan biri bölgan «Lukoyl» kompaniyasi faoliyati xavf ostida qolişidan xavotir bildirdi. Kompaniya Bolgariyadagi yagona neftni qayta işlaş zavodiga egalik qiladi hamda mamlakatda motor yonilğisi sotuvining katta qismini ta’minlaydi.
«Lukoyl» faoliyati uçun jiddiy xavf mavjud. Biz kompaniyani sanksiyalar röyxatidan çiqarişni xohlaymiz», — dedi Radev.
Şuningdek, u yangi çeklovlar Sofiya metropoliteni uçun ehtiyot qismlar yetkazib berişda muammolar keltirib çiqarişi, şu bilan birga qişloq xöjaligi uçun zarur bölgan öğitlar ta’minotiga ham ta’sir körsatişi mumkinligini ta’kidladi.
Bolgariya rahbari taklif etilayotgan sanksiyalar Rossiya Pravoslav çerkovi rahbari — patriarx Kirillga nisbatan ham qöllanişi rejalaştirilayotganiga qarşi ekanini bildirdi. Uning fikriça, bu masala qöşimça muhokamani talab qiladi.
«Bu sanksiyalar şu vaqtgaça uruşni qay darajada töxtatdi? Ular tinçlik örnatişga qay tarzda yordam berdi?» — dedi Radev.
Şu bilan birga, Bolgariya boş vaziri mamlakat Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş böyiça muzokaralarini qöllab-quvvatlaşini ta’kidladi.
Yevropa Ittifoqi 15 iyun kuni Rossiyaga qarşi sanksiyalar röyxatini yanada kengaytirib, unga 34 nafar jismoniy va 47 ta yuridik şaxsni kiritgan edi. Yangi çeklovlar Rossiya harbiy-sanoat kompleksi bilan boğliq kompaniyalar, neft eksporti bilan şuğullanuvçi taşkilotlar va «soya floti» bilan aloqador tuzilmalarga nisbatan joriy etilgan.
Sanksiyalar röyxatiga Rossiya, Turkiya, Liberiya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Ozarboyjon va Hongkongda faoliyat yurituvçi qator kompaniyalar, şuningdek, Rossiyaning ayrim jamoat va diniy arboblari ham kiritilgan.









