Jamiyat | 21:33 / 22.03.2017
15227
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston prezidentining kenja qizi o‘g‘il farzand ko‘rdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev nabirali bo‘ldi, deb xabar bermoqda 5news.kg nashri. Atambayevning kenja qizi Aliya Shagiyeva ilk farzandini dunyoga keltirdi. Aliya va uning turmush o‘rtog‘i Konstantin Ryazanovning o‘g‘il farzandi 20 mart kuni Bishkekdagi tug‘uruqxonalardan birida dunyoga kelgan.
19 yoshli Aliyaning to‘yi 2016 yil 27 avgustda Bishkekdagi Skyhall restorani tomida bo‘lib o‘tgan. To‘y keng ommadan sir tutilib, kichkina davrada bo‘lib o‘tgan. To‘yga hammasi bo‘lib 30 ga yaqin odam to‘plangan. To‘yga taklif qilinganlar orasida kuyovning do‘stlari va hamkasblari hamda Aliyaning dugonalari va ikki tomondan qarindoshlar bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:28 / 09.01.2024
Erdo‘g‘an to‘qqizinchi marta bobo bo‘ldi
17:15 / 21.02.2023
Yangi siyosiy konsensus izlab
21:53 / 19.02.2023
«Ag‘darilganlar majlisi». Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari Dubayda nega uchrashdi?
22:41 / 18.02.2023