Sport | 01:46 / 23.03.2017
31791
1 daqiqa o‘qiladi

MMA jangchisi hakamni raqibi deb o‘ylab uni bo‘g‘a boshladi (video)

Aralash yakkakurash bo‘yicha o‘tgan KnockOut Promotions musobaqasi doirasida antiqa holat yuz berdi. MMA jangchilari Jo Nem va Rays Brink o‘rtasidagi jangda Nem uchrashuv hakamini raqibi deb o‘ylab, unga bo‘g‘ish usulini qo‘llay ketgan. 

Jang 1-raundning ilk soniyalaridayoq Nemning nokauti bilan tugagan. Hakam Nemni do‘pposlayotgan Brinkni chetga olish uchun jangchilar yoniga borganda, zarbalardan gangib qolgan Nem hakamni yerga qulatib, unga bo‘g‘ish usulini qo‘llay ketgan. Nem bunga shunchalik berilib ketganki, vaziyatga Nemning jamoasi a'zolari va boshqa hakamlar aralashishlariga to‘g‘ri kelgan.

Xayriyatki, hakam jiddiy jarohat olmagan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid