Buyuk Britaniya uchun Brexit qiymati 62 milliard dollarga baholandi
Yevrokomissiya Londonga taxminan 50 mlrd funt sterling (62 mlrd. AQSh dollari) hajmida hisobni taqdim etadi hamda Buyuk Britaniya uni to‘laganidan keyingina YeIni butunlay tark etishi mumkin. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker ma'lum qildi.
"Biz Buyuk Britaniyaning barcha badallarini batafsil hisob-kitob qilamiz hamda yakuniy raqamga kelamiz", - deya uning so‘zlarini keltiradi BBC. U summa 50 mlrd. funt atrofida bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga ijobiy javob qaytargan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit bo‘yicha muzokaralarni 29 mart kuni rasman ishga tushirmoqchi, hamda britaniyaliklar o‘z majburiyatlarini qoplashlari uchun to‘lashi kerak bo‘lgan summa muzokaralardagi eng muhim qismlardan biriga aylanadi. Summa o‘z ichiga YeI amaldorlari nafaqasi uchun to‘lovlar, infratuzilma obektlarini moliyalashtirish va hokazolarni qamrab oladi.
Britaniya parlamenti Brexit’ni 31 martga qadar ishga tushirish bo‘yicha qonun loyihasini 14 martda ma'qulladi. Qonun loyihasi Britaniya parlamentining har ikki palatasi tomonidan tasdiqlandi. Bir kundan so‘ng uni qirolicha Yelizaveta II imzoladi. Shu tariqa qonun kuchga kirdi va bosh vazir Tereza Mey YeIga Buyuk Britaniyani ittifoqdan Lissabon shartnomasining 50-moddasiga muvofiq chiqishi haqidagi murojaatni yuborish huquqini qo‘lga kiritdi.
2016 yilning 23 iyun kuni Buyuk Britaniyada mamlakatning Yevropa ittifoqidan chiqishiga oid referendum bo‘lib o‘tdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, plebissit (juda muhim masalani hal qilishni umumxalq ovoziga qo‘yish)ning 51,9 foizi Brexit tarafdoridir.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024