Jahon | 08:43 / 26.03.2017
4506
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada gaz portlashidan jabrlanganlar soni 32 nafarga yetdi

Buyuk Britaniyaning Liverpul shahri yaqinidagi Nyu-Ferri shahrida ro‘y bergan baxtsiz hodisa oqibatda jabrlanganlar soni 32 nafarga yetdi. 

Bu haqda mahalliy tez yordam xizmati Twitter sahifasida xabar qildi

«Yangilanish: 30 «yura oladigan jarohatlanganlar» (yengil jarohatlar bilan) hamda 2 nafari jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan», — deyiladi xabarda. 

Avvalroq, The Mirror gazetasi Mersisayd grafligining Nyu-Ferri shahrida gaz portlagani, 24 kishi jabrlangani xususida xabar qilgan edi. Ma'lumotlarga ko‘ra, fojia Xitoy restorani va raqs studiyasida yuz bergan, bino to‘liq yo‘q bo‘lgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid