Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mey: Brexit Buyuk Britaniyani yanada jipslashtiradi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning fikricha, mamlakatning YeI tarkibidan chiqishi yanada jipslashgan millatni tashkil etish imkonini beradi. U hozirgi chegaralarda o‘z davlatchiligini saqlab qolib, "to‘xtatish imkoni bo‘lmagan qudratli kuchga aylanadi". Bu haqda Press Association agentligi xabar qilmoqda. Agentlik bosh vazirning 27 mart kuni Shotlandiyada qilajak chiqishidan ko‘chirmalar keltirgan.
"Biz yanada globalroq Buyuk Britaniyani tashkil etish imkoniyatidan foydalanamiz", - deydi bosh vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bryussel bilan bo‘lg‘usi muzokaralar negizida - "ko‘proq jipslashgan millatni tashkil etish" istagi yotadi. "Ishonchim komilki, biz birgalikda ishlasak, imkoniyatlarimizning chegarasi bo‘lmaydi. Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyadan iborat ushbu buyuk ittifoq biror maqsadga erishish yo‘lida jon-jahdi bilan ishlasa, biz to‘xtatib bo‘lmaydigan kuchga aylanamiz", - deb ta'kidlanadi Mey ma'ruzasida.
Britaniya hukumat rahbarining bu ma'ruzani o‘qish joyi va vaqti tasodifan tanlanmagan. Shotlandiya mintaqaviy parlamenti 28 mart kuni mintaqaning mustaqilligiga doir ikkinchi referendumni o‘tkazish g‘oyasi bo‘yicha ovoz beradi hamda katta ehtimol bilan uni ma'qullaydi. Mintaqaviy parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega Shotlandiya milliy partiyasi shunday tashabbus bilan chiqqan.
Ushbu mavzu Tereza Meyning Shotlandiya birinchi vaziri, ShMP rahbari Nikola Sterjyen bilan o‘tkazadigan uchrashuvida batafsil muhokama qilinadi. The Daily Telegraph gazetasining yozishicha, bosh vazir imkoniyatdan foydalanib, Sterjyenning "yuziga Brexit jarayoni poyoniga yetmasdan avval, Shotlandiyaning mustaqilligiga doir referendum bo‘lmasligini ochiq" aytadi.
Mavzuga oid
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026