Mo‘sulda yana tinch aholi nishonga olindi: 60 dan ko‘proq qurbon
Iroqning Mo‘sul shahrida aviazarba oqibatida vayron bo‘lgan uy ostidan 60 dan ko‘proq jasad chiqarib olindi. Bino IShID jangarilari tomonidan minalashtirilgan bo‘lgan.
Jangarilar odamlardan tirik qalqon sifatida foydalanish uchun ularni uy yerto‘lasiga quvib olib kirishgan. G‘arb va Yaqin Sharq matbuoti ma'lumotlariga ko‘ra, uy Iroq kuchlarini qo‘llab-quvvatlovchi AQSh boshchiligidagi koalitsiya aviazarbasidan keyin vayron bo‘lgan.
Zarba vaqtida uyda 200 dan ko‘proq fuqaro bo‘lgan. Koalitsiya qo‘mondonligi vakillari shaharning bu hududiga hujum qilinganini tan olishdi, biroq ularning ta'kidlashicha, zarbalardan maqsad portlovchi moddalar bilan jihozlangan yuk mashinasi bo‘lgan. Vashingtonda tinch aholining halok bo‘lishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishiga va'da berildi.
Mavzuga oid
07:51 / 07.11.2024
Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
12:10 / 28.10.2024
Turkiya HHK Iroq shimolidagi 34 ta obektni yo‘q qildi
11:00 / 23.10.2024