Fan-texnika | 01:30 / 29.03.2017
8589
2 daqiqa o‘qiladi

3D-printer yordamida 103 yoshli poyga avtomobili tiklandi

Avstraliyada 3D-printer yordamida noyob, 1914 yilda ishlab chiqarilgan Delage Type-S poyga avtomobilini qayta tiklashning uddasidan chiqishdi. U shu kungacha saqlanib qolingan yagona nusxadan ko‘chirilgan. Bu haqda ABC.net.au yozmoqda. 

Fransiyaning Delage kompaniyasiga 1905 yilda asos solingan hamda Birinchi jahon urushiga qadar avtomobillar ishlab chiqargan. Shundan so‘ng, o‘q-dorilar yetkazib berish bilan shug‘ullangan. 1914 yilda Type-S poyga mashinasidan atigi 3 nusxa ishlab chiqilgan, ular keyinroq AQShga sotilgan. 1920 yilda mashinalardan biri Avstraliyaga keltirilgan, endilikda unga Melburn fuqarosi Styuart Merdok egalik qiladi.

2014 yilda Delage silindrlar bloki yorilgan, noyob mashinani ta'mirlash xususida so‘z o‘ylash mumkin emas edi. O‘shanda yangi motor ishlab chiqarishga qaror qilindi. Buning uchun dvigatel «skan» qilindi, raqamlashtirildi hamda uch hadli modeli yasaldi. Undan qumli qolip yasaldi. Unga yangi silindrlar bloki quyildi. 

Natija ko‘ngildagidek bo‘ldi, deyish mumkin. Dvigatel muammosiz yurdi. Styuart Merdok esa avtomobilda sayr qilishda davom etmoqda. 

Mavzuga oid