Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Irlandiyada Coca-Cola idishlarida inson faoliyati chiqindilari aniqlandi
Shimoliy Irlandiya politsiyasi Coca-Cola korporatsiyasining Lisbern shahrida joylashgan zavodida sanitar me'yorlarning buzilish holati bo‘yicha tergovgacha tekshiruvni boshladi. Bu haqda Irish Examiner nashri xabar berdi.
Tekshiruv o‘tkazilishiga esa korxonaga kelgan alyumin bankalarda "inson faotiyati chiqindilari" aniqlangani sabab bo‘lgan.
Ishlab chiqarish texnologiyasi jiddiy buzilgani sababli zavod faoliyati to‘xtatilgan. Ushbu holatni tergov qilishga Shimoliy Irlandiya oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi agentligining mahalliy sanitar-epidemiologik xizmati mutaxassislari kirishishgan. Taxmin qilinishicha, idishlar Germaniyada ishlab chiqarilgan.
Zavod ma'muriyati ifloslangan ichimlik sotuvga chiqarilmaganini aytgan. "Biz mahsulotlarimizning sifati va xavfsizligiga jiddiy e'tibor qaratamiz. Muammo sifatni qat'iy nazorat qilish jarayoni tufayli darhol aniqlangan", deb ma'lum qilgan kompaniya matbuot xizmati.
Nashrning ta'kidlashicha, barcha yaroqsiz mahsulot musodara qilingan.
Mavzuga oid
18:30 / 10.06.2026
Shimoliy Irlandiyada migrantlarga qarshi namoyishlar o‘tkazildi
11:00 / 21.01.2026
FIFA™ Jahon chempionati kubogining asl nusxasi yaqinda Toshkentga keladi
14:00 / 18.09.2025
O‘zbekistonlik ayol tadbirkorlar WorldFood Istanbul 2025 ko‘rgazmasida ishtirok etishdi
12:41 / 13.06.2025