Şimoliy Irlandiya poytaxti Belfast şahrida ommaviy tartibsizliklar bölib ötdi – bunga Sudandan kelgan muhojir mahalliy aholi vakiliga qilgan hujum sabab böldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda piçoq bilan qurollangan qora tanli şaxs öz qurboni ustiga çiqib olib, uni söyib taşlaş bilan tahdid qilayotgani aks etgan. Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer buni «dahşatga soluvçi» hujum deb atadi.

Hujum qilgan şaxs – 30 yoşli Hodi Alodid – qölga olingan, çorşanba kuni sud unga qotillikka uriniş, tibbiyot xodimiga ölim bilan tahdid qiliş va jamoat joyida piçoq olib yuriş böyiça ayblov qöydi. Alodid – Sudandan bölib, 2023 yil fevralida avvaliga Parijdan Dublinga uçgan, keyin esa Irlandiya bilan çegara orqali Şimoliy Irlandiyaga kirib kelgan. U siyosiy boşpana söragan va Buyuk Britaniyada 2028 yilgaça qolişga ruxsat olgan.

Jabrlanuvçi – 40 yoşli Stiven Ogilvi – yuzi, böyni va yelkasidagi jarohatlar bilan şifoxonada oğir ahvolda qolmoqda. Sud majlisida u çap közidan ayrilgani ma’lum qilindi.

Britaniya naşrlari yozişiça, hujum qilgan va hujumga uçragan qöşnilar bölişgan. Alodidning motivlari hozirça ma’lum emas.

Sudda Alodid tarjimon orqali savollarga javob qaytardi. U öziga qöyilgan ayblov yuzasidan e’tiroz bildirmagan. Iş böyiça keyingi sud majlisi 8 iyulga belgilangan, ungaça Alodid hibsda qoladi, sud uning garov evaziga ozodlikka çiqiş imkoniyatini istisno qilgan.

Hujum vaqti olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgaç, öng aktivist Tommi Robinson Belfast aholisini namoyişlarga undadi. 9 iyun kuni keçqurun niqob taqqan yuzlab kişilar şahar köçalariga çiqib, avtomobillar, avtobuslar, çiqindi idişlarini yoqişdi, vitrinalarni sindirişdi, uylarga öt qöyişdi, şuningdek, barrikadalar örnatib, yöllarni tösib qöyişdi. Namoyişlar tufayli metro faoliyati töxtab qoldi. Belfast öt öçiriş xizmatiga köra, 10 iyunga ötar keçasi şaharning turli qismlaridagi yonğinlarni öçiriş uçun 62 marta öt öçiriş brigadalari yuborilgan.

Peter Morrison / AP / Scanpix / LETA