Jahon | 14:46 / 30.03.2017
4011
1 daqiqa o‘qiladi

Tillerson Yildirim bilan IShIDga qarshi kurash masalasini muhokama qildi

Foto: Anadolu

Anqaraga tashrifini amalga oshirgan AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bosh vazir qarorgohida bo‘lib o‘tgan yopiq eshiklar ostidagi uchrashuv 40 daqiqa davom etgan.

Uchrashuvda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li, uning maslahatchisi Umid Yolchin, Turkiya hukumatining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Karim O‘roz ham ishtirok etgan.

Tillerson va Yildirim Suriya hamda Iroqda IShIDga qarshi kurashda hamkorlik qilish masalasini muhokama qilishgan. Tomonlar shuningdek Fathulloh Gulenning tashkilotiga qarshi kurashish masalasi bo‘yicha fikr almashgan.

Shundan so‘ng Tillersonning Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an bilan uchrashuvi boshlangan. Davlat Kotibi Chovusho‘g‘li bilan ham alohida uchrashuv o‘tkazadi. Yakunda qo‘shma bayonot beriladi.

Mavzuga oid