AQŞ Davlat kotibi Reks Tillerson ma'lum qildiki, Rossiya AQŞ bilan munosabatlarni saqlab qolişni yoki Suriya prezidenti Başar Asadni qöllab-quvvatlaşni davom ettirişi kerak. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

«Biz suriyaliklarning azobi yengillaşişini istaymiz. Rossiya bu işda muhim işni bajarişi mumkin. Yoki Rossiya bu tuzumni qöllab-quvvatlaşda davom etişi ham mumkin va biz hisoblaymizki, bu istiqbolda ham Rossiyaning manfaatlariga mosligiça qolmaydi», — degan AQŞ Davlat kotibi.

Tillerson şuningdek Suriyaning kelajagi Asadsiz bölişiga umid qilişini qöşimça qilib ötgan.

Uning sözlariga köra, Vaşingtondagilar Suriyadagi vaziyat böyiça öz prognozlarini bermaydi, ammo Ğarb Damaşqda hukumat özgarişiga işonadi.

«Oydinlaşmoqdaki, Asad boşqaruvi yakuniga yetmoqda», — degan u.