Sport | 09:40 / 31.03.2017
15651
2 daqiqa o‘qiladi

Maradona ishga aralashdi

Afsonaviy futbolchi Diyego Maradona FIFA rahbari Janni Infantino bilan Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining diskvalifikatsiyasini qisqartirish imkoniyati haqida gaplashmoqchi.

Futbolchi JCh-2018 saralashi doirasida Chiliga qarshi kechgan o‘yinda hakam yordamchisini haqorat qilishda ayblanib, terma jamoaning 4 uchrashuvida ishtirok etishdan chetlatilgan. U shuningdek, 10 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan.

«Men diskvalifikatsiya haqida eshitib qattiq ranjidim. Xudo shohid, men hali nima bo‘lganini aniq bilmayman. Men o‘zim tekshirib ko‘raman.

Men Messi bilan gaplashib olish uchun unga bir necha marta qo‘ng‘iroq qildim, lekin hali u javob qaytarmadi. U - ajoyib yigit. U hech qachon shikoyat qilmaydi. Men Infantino bilan gaplashaman, chunki bu juda adolatsiz qaror. 4ta o‘yin - juda ko‘p, hatto qoidabuzarlik o‘ta qo‘pol bo‘lganda ham. Umid qilamanki, FIFA jazoni yengillashtiradi», deya Maradonaning so‘zlarini keltirgan Sport Mediaset.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid