Sport | 16:23 / 31.03.2017
4024
1 daqiqa o‘qiladi

Plyushchenko sportchilik faoliyatini yakunladi

Figurali uchish bo‘yicha ikki marta Olimpiada chempioni, rossiyalik Yevgeniy Plyushchenko sportchilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi.

«Kelgusi Olimpiya o‘yinlariga sportchi sifatida bormayman. Men sportchilik faoliyatimni yakunladim», — deya Plyushchenkoning so‘zlarini keltirgan «Match TV».

Plyushchenko o‘z maktabini ochishni va murabbiy sifatida ishlamoqchi ekanini aytgan.

Yevgeniy Plyushchenko 2006 yilda Turinda va 2014 yilda Sochida o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida chempion bo‘lgan, Solt-Leyk-Siti (2002) va Vankuver (2010) Olimpiadalarining kumush medal sovrindori bo‘lgan.

Bundan tashqari ushbu rossiyalik sportchi 3 marta jahon chempionatida g‘olib chiqqan, 7 marta Yevropa chempionatida tengsiz bo‘lgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid