Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tereza Mey Shotlandiya bo‘yicha referendum o‘tkazish talab qilingan maktub oldi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjyendan Shotlandiyaning mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazish talab qilingan maktub oldi. Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Sterjyen shu tariqa referendum masalasi bo‘yicha muhokamani boshlash haqida rasmiy talab bildirgan.
Britaniya hukumatida referendumning o‘tkazilishi bemavrid deb atalganiga qaramasdan, Sterjyen bu masala bo‘yicha muzokaralarni yaqinlashtirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqchi.
Shotlandiya parlamenti mamlakatning mustaqilligi bo‘yicha referendum 2018 yil oxirida yoki 2019 yilda – Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish shartlari ayonroq bo‘lganda o‘tkazilishini ma'qullagan.
Mavzuga oid
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026