Jahon | 00:35 / 02.04.2017
4483
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyadagi sel qurbonlari soni 112 nafargacha oshdi

Kolumbiyaning Putumayo departamentidagi Mokoa shahrida seldan halok bo‘lganlar soni 112 kishigacha yetdi, deb xabar bermoqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi. 

Bunday ma'lumotni mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos keltirib o‘tgan. Avvalroq 103 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Ko‘pchilik odamlar bedarak yo‘qolgan. El Heraldo nashrining Qizil xochga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, 180 kishi jarohatlangan va 200 kishi bedarak yo‘qolgan.

Fojiaga ko‘p soatlik yomg‘irlardan keyin daryolarning o‘zanlaridan toshishi sabab bo‘lgan. 45 ming kishilik Mokoa shahri elektrsiz qolib ketgan, shaharning 17 ta tumani jabr ko‘rgan.

Shahardagi og‘ir vaziyat sababli Kolumbiya prezidenti aholiga yordam ko‘rsatilishini fojia joyida boshqarish uchun shaharga yo‘l olgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid