Qarorga muvofiq, Samarqand, Toşkent va Jizzax viloyatlarida yangi sel-suv omborlari barpo etiladi. Loyihalar orqali Samarqand viloyatida 7 ming gektar, Toşkent viloyatida 2 ming gektar va Jizzax viloyatida 300 gektar yerning suv ta’minotini yaxşilaş rejalaştirilgan. Şuningdek, qöşimça yangi yer maydonlari ham özlaştiriladi.
Hujjatda sel-suv omborlarini quriş, suv zaxiralarini köpaytiriş va infratuzilmani rivojlantiriş işlarini davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşiriş belgilangan. Ayrim loyihalar “Agrobank” ATB mablağlari hamda xususiy sektor iştirokida moliyalaştiriladi.
Qarorda sel-suv omborlari atrofida turistik-rekreatsion zonalar taşkil etiş, baliqçilikni rivojlantiriş va qöşimça daromad keltiruvçi faoliyatlarga ham ruxsat berilişi nazarda tutilgan.













