Yevroittifoqda Suriya mojarosi bo‘yicha strategiya qabul qilindi
Yevropa Ittifoqi 28 mamlakatining tashqi ishlar vazirlari Suriya mojarosini tartibga keltirish bo‘yicha strategiyani qabul qilishdi. Bu haqida Lyuksemburgda bo‘lib o‘tayotgan YeI kengashi bayonotiga asoslanib, TASS agentligi xabar berdi.
"Kengash Suriyadagi mojaro YeIga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta'sir o‘tkazayotganini yodga solmoqda va u Yevroittifoq Suriya bo‘yicha strategiya qabul qilishi kerak deb hisoblaydi", - ta'kidlanadi unda.
Hujjatda ta'kidlanishicha, YeI strategiyasi olti asosiy vazifaga yo‘naltirilgan: BMTning 2254-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq siyosiy o‘tish orqali urushga chek qo‘yish, Suriyada ahamiyatli va umumqamrovli o‘tishni ta'minlash, eng muhtoj suriyaliklarga gumanitar yordam ko‘rsatish yo‘li orqali insonlar hayotini saqlab qolish, fuqarolik jamiyatini kuchaytirish orqali demokratiya, inson huquqi va so‘z erkinligini targ‘ib qilish, o‘tish davrida milliy birlik va adolatni targ‘ib qilish maqsadida harbiy jinoyatlar uchun javobgarlikka chaqirish hamda Suriya xalqi va jamiyati barqarorligini qo‘llab-quvvatlash.
YeI tashqi ishlar vazirlarining bosh mavzusi Suriyadagi vaziyatga qaratildi. TIV rahbarlari bu maslani 4-5 aprel kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Suriya bo‘yicha Xalqaro konferensiya arafasida muhokama qilishmoqda.
Mavzuga oid
19:08 / 17.09.2024
8 mingga yaqin o‘zbekistonlik Litvada yashash uchun ruxsatnoma olgani ma’lum bo‘ldi
22:31 / 12.09.2024
Vengriya Yevrokomissiyaga qarshi da’vo arizasini kiritishi mumkin
23:19 / 10.09.2024
Yevropa Ittifoqi Tesla va Xitoyda ishlab chiqarilgan elektomobillar uchun bojlarni kamaytiradi
00:10 / 10.09.2024