Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2035 yilga borib, musulmonlar tug‘ilishda nasroniylarni ortda qoldiradi
Yangi tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, 2035 yilga borib musulmon oilalarida tug‘ilgan go‘daklar soni nasroniy oilalarda tug‘ilganlardan oshib ketadi, deb yozadi Telegraph.
Pew tadqiqot markazi tomonidan e'lon qilingan natijalarga ko‘ra, keyingi o‘n yilliklar ichida Islom diniga e'tiqod qiluvchilar eng tez o‘sayotgan diniy jamoaga aylanishadi.
Qayd etilishicha, uzoq yillar mobaynida nasroniylar dunyo aholisining uchdan bir qismini tashkil etib, jahondagi eng yirik diniy guruh nomiga egalik qilib kelishayotgan edi. Bu borada musulmonlar ikkinchi o‘rinda.
Taxminlarga ko‘ra, o‘zini biror bir diniy jamoaga taalluqli emas, deb hisoblovchi insonlar soni, keyingi o‘n yilliklar ichida qisqara boradi.
Mavzuga oid
21:37 / 13.01.2026
Rossiyadagi tug‘uruqxonada yil boshidan beri 9 chaqaloq vafot etdi
10:00 / 01.01.2026
“70 yoshda farzandli bo‘lishning gashti boshqacha ekan” – 7 qizdan keyin o‘g‘il ko‘rgan ota
08:22 / 08.09.2025
Farzand tarbiyasida nazorat va erkinlik muvozanati
21:41 / 19.06.2025