Oramizda “Yetmişvoylar” hali ham bor ekan. 70 yoşni qoralagan Ma’mur ota Örinboyev 7 qizdan keyin öğil farzandli böldi. Qahramonimiz odamlarning uyida öçoq, tandir yasaydi, ustaçilik bilan şuğullanadi. “Bir etak qizdan keyin Alloh meni ham öğil farzand bilan siyladi. Şu yoşda buning gaşti boşqaça bölar ekan. Yoşarib ketgandekman. Işdan qaytişda har kuni öğilçamga dökondan “paspers” sotib olaman. Öğlimning kulganini körib çarçoqlarim çiqib ketadi”, deydi u sevinib.
Avvallari 70 yoşida farzand köribdi, deyişsa heç kim ajablanmagan. Hozirga kelib bu yoşda farzandli böliş haqiqatan ham “noyob” holat. Farğonaning Qöştepa tumanida yaşovçi Ma’mir ota Örinboyev 7 qizdan keyin şu yili öğil farzand kördi.

“1980 yilda uylandim. Farzand kuta boşladik. Yaxşi niyatda agar öğil bölsa ismini Ma’rifjon qöyamiz, deya ahd qilgandik. Yaratgan bizga qiz farzand berdi. 6 nafar qizni voyaga yetkazdim. Barçasini turmuşga uzatdim, uyli-joyli qildim. Qizlarim köpligidan nolimaganman.
Turmuş örtoğimning umri qisqa ekan. 53 yoşida vafot etdi. Bandasi yolğizlikni kötara olmas ekan. Ikkinçi marta uylandim. Ikkinçi ayolimdan öğil farzand kördim. Birinçi ayolimning vasiyatiga köra uning ismini Ma’rufjon deb qöydik. Uylanganimdan keyin 45 yilda öğil farzand nasib qildi. Ana şu öğlim uçun ham Yaratgandan tan-u jonimiz soğ bölişini sörayapman. Öğlim yöq deb öksib yurardim. Niyatimga yetdim. Xudoga beadad şukur. Alloh umrimizni ziyoda qilib kelinlar olaylik, kelinlarning qölidan çoy içaylik.
Rözğor uçun yetkaza olmay qolamanmi, degan öy xayolimdan ötmaydi. Faqat harakat qilaman, yaratgandan kuç-quvvat tilayman. Boriga şukur qilamiz, yöğiga sabr. Odamlarning uyida ustaçilik qilaman. Tandir-öçoq yasayman. Pul işlab kelib dökondan çaqaloq uçun pampers sotib olaman. Uy sovib ketmasligi uçun ötin tayyorlayman. Xullas, şu yoşimda ham tetikman. Farzandim uçun ham yaşaşim kerak.
Yaqinda qizlarim Umraga jönatişdi. Safarda ham Ma’rufjonimni juda soğindim. 70 yoşda öğil farzandli bölişning gaşti boşqaça ekan”, deydi qahramonimiz.
Sarvar Ziyoyev,
Sardor Mamirov,
Kun.uz







