Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada tabiiy ofat qurbonlari soni 300 kishidan oshib ketdi
Kolumbiyaning Mokoa shahrida sel kelishi tufayli halok bo‘lganlar soni 300 kishidan ortib ketdi. Bu haqda mamlakat sud tibbiyoti milliy instituti xabar berdi.
Avvalroq 293 nafar inson halok bo‘lgani va yuzlab kishilar jarohatlangani yoki bedarak yo‘qolgani haqida xabarlar tarqagandi.
Idora ma'lumotiga ko‘ra, 301 nafar halok bo‘lgan inson jasadi topilgan. Ularning faqatgina 173 nafarining shaxsi aniqlandi.
Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosning ta'kidlashicha, umumiy hisobda 450 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. "Chorshanba kunining ertalabki holatiga ko‘ra, 467 inson bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda, ulardan 153 nafari topildi, 119 kishi – tirik holatda, 34 inson esa halok bo‘lgan", - deya Santosning so‘zlarini keltiradi NTN24 kanali.