Jahon | 22:39 / 06.04.2017
9415
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni va Eron haj masalalarini muhokama qilishdi

Saudiya Arabistonining haj va umra vaziri Muhammad Solih ibn Tohir Eronning haj va ziyoratchilik tashkiloti boshlig‘i Hamid Muhammadiy va u boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligi xabar bermoqda. 

Eron delegatsiyasi Makkada Saudiya Arabistoni hukumati bilan haj masalalarini muhokama qilgani tashrif buyurdi. 

Uchrashuv Tohirning Makkadagi ma'muriyatida bo‘lib o‘tdi va haj vaqtida xavfsizlik, ziyoratchilarning kelishi, tashilishi va joylashtirilishi masalalariga bag‘ishlandi.  

Avvalroq Eron madaniyat va islom oriyentatsiyasi vaziri Rizo Solihiy Amiriy Eron agar Saudiya Arabistoni eronlik ziyoratchilarning xavfsizligini ta'minlasa va 2015 yilda Mino vodiysidagi tiqilinchda halok bo‘lgan eronliklar uchun tovon puli to‘lasa joriy yilda hajga ziyoratchilarni yuborishga tayyorligini ma'lum qilgandi. 

Agar ikki tomon kelishuvga kelsalar, unda eronlik ziyoratchilarni Makkaga yuborishda muammolar bo‘lmaydi, deb aytgan Amiriy.

Mavzuga oid