AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan kelişuv yaqinligi va tafsilotlar tez orada e’lon qilinişini aytdi. U kelişuv Hörmuz böğozini oçişni nazarda tutişini aytdi, biroq tafsilotlarni oşkor qilmadi.
Şanba kuni Eron Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy davlat televideniyesi efirida sönggi haftada AQŞ va Eron pozitsiyalari yaqinlaşa boşlaganini aytdi, biroq bu asosiy masalalar böyiça kelişuvga erişilganini anglatmasligi haqida ogohlantirdi va Amerika tomonini «ziddiyatli bayonotlar» berişda aybladi.
Tramp ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Qatar va boşqa davlatlar rahbarlari bilan «Tinçlikka oid özaro anglaşuv memorandumi» böyiça «juda samarali suhbat» ötkazganini yozdi.
«Umuman olganda kelişib olingan va Amerika Qöşma Ştatlari, Eron Islom Respublikasi va röyxatda keltirilgan boşqa bir qator davlatlar tomonidan yakuniy tasdiqlovni kutmoqda», – dedi Tramp.
«Hozirda bitimning sönggi tafsilotlari muhokama qilinmoqda, ular tez orada e’lon qilinadi», – deya qöşimça qilgan u.
U, şuningdek, şanba kuni Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali suhbatlaşgani va bu muloqot «juda yaxşi ötgani»ni aytdi.
Prezident kelişuv tafsilotlarini oşkor qilmadi, biroq har qanday kelişuv Eronning yadro quroliga ega böliş imkoniyatini butunlay istisno qilişini ta’kidladi.
«Men faqat biz istagan hamma narsani olgan taqdirmizdagina kelişuvga imzo çekaman, – dedi u. – Biz bitim tuzamiz yoki şunday vaziyat böladiki, heç bir mamlakat hali bunday kuçli zarbaga duç kelmagan».
Şanba kuni davlat televideniyesi efirida çiqiş qilgan Eron Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy ham «özaro anglaşuv memorandumi» haqida gapirib, Eron «14 banddan iborat hujjat şaklida» kelişuvga erişiş niyatida ekanini ta’kidladi.
Baqoiy memorandum ustidagi işlar yakuniy bosqiçga yaqinlaşayotgani, şundan söng 30-60 kun içida muzokaralarning yangi raundlari ötkazilişi mumkinligini, «bu esa yakuniy kelişuvga erişiş imkonini berişi»ni ta’kidladi.
Bu vaqtda esa AQŞ davlat kotibi Marko Rubio ehtiyotkorona optimizm bilan fikr bildirgan.
Hindistonga taşrifi çoğida u BBC muxbiriga yaqin bir-ikki kun içida yangilik paydo bölişi mumkinligini aytdi, ammo yuz foiz kafolat bermadi. Rubio, şuningdek, AQŞning Eron yadro quroliga ega bölişiga yöl qöymaslik haqidagi pozitsiyasini ta’kidlab, Hörmuz böğozi orqali ötiş yölini Eron tomonidan bojlarsiz oçiş zarurligini aytdi.
U mamlakat özining yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini ham topşirişi kerakligini qöşimça qilgan.













