Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand qiroli mamlakat yangi konstitutsiyasini imzoladi
Tailand qiroli Maxa Vatchiralongkon (Rama O‘ninchi) mamlakatning yangi konstitutsiyasini imzoladi, deb xabar bermoqda Reyter agentligi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Tailand yangi konstitutsiyasini imzolash tantanali marosimi butun davlat bo‘ylab namoyish etilgan. Agentlikning ta'kidlashicha, bu mamlakatda umumxalq saylovlarini o‘tkazish uchun qo‘yilgan muhim qadamdir.
Xabar qilinishicha, eng asosiy o‘zgarishlardan biri qirolga aloqador bo‘ldi. Endilikda u boshqa davlatlarga muvaqqat qirol tayinlamay turib safar qilish imkoniga ega bo‘ldi. Boshqa tuzatishlarga oydinlik kiritilmagan.
Avvalroq mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Visanu Kxria-Ngam Tailandda umumxalq parlament saylovlari 2018 yilning fevralida bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandik. Bu 2014 yilgi harbiy to‘ntarishdan so‘ng ilk bora ro‘y beradi.
Mavzuga oid
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:19 / 20.05.2026
Tailand sayyohlar uchun vizasiz rejim qoidalarini kuchaytirmoqda
10:21 / 30.04.2026