Jahon | 09:37 / 07.04.2017
4071
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda uchuvchisiz yetkazib berish xizmati uchun 150 ta aeroport quriladi

Foto:Fotolia/ peshkova

Xitoyning elektron tijorat sohasida faoliyat yurituvchi JD.com korporatsiyasi mamlakat janubi-g‘arbida uchuvchisiz yetkazib berish xizmatiga mo‘ljallangan qurilmalar uchun 150 ta maxsus aeroport qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Fevral oyi oxirida JD.com dunyodagi birinchi uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida yetkazib berish tarmoqlarini yaratish niyatida ekani xabar qilingandi. 

JD.com ijrochi direktori Lyu Tsyandunning so‘zlariga ko‘ra, aeroportlar Sichuan viloyatida yaqin uch yil davomida quriladi. Ma'lum qilinishicha, uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida tovarlarni yetkazib berish transport xarajatlarini 70 foizga kamaytirish hamda butun Xitoy bo‘ylab bir sutka davomida yetkazib berish imkonini beradi.

Sinxua agentligining ta'kidlashicha, JD.com uchuvchisiz uchar qurilmalari og‘irligi 50 kilogrammga qadar bo‘lgan yuklarni olib o‘tishi mumkin, ayni damda vazni 500 kilogrammga qadar bo‘lgan modellarni ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda. Mayda esa korporatsiya dronlari uchun yettita yo‘nalishni ishlab chiqish boshlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid