Jahon | 00:11 / 08.04.2017
4830
1 daqiqa o‘qiladi

Myanmada parom to‘ntarilishi oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi

Myanmaning Pateyn daryosida parom to‘ntarilib ketishi oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok bo‘ldi, deb xabar berdi Assoshieyted Press agentligi politsiyaga iqtibos keltirgan holda.

Hukumat voqeani tergov qilishni boshlagan.

Reyter agentligining ma'lum qilishicha, parom bortida 60 ga yaqin odam bo‘lgan. Ularning barchasi to‘yga taklif qilingan mehmonlar bo‘lgan. Kema yuk tashish kemasi bilan urilishi oqibatida cho‘kib ketgan. 27 nafar odam qutqarilgan. Qolgan yo‘lovchilarni qidirish davom etmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid